Yangiliklar

Namanganda O‘zbekistondagi eng baland panoramali g’ildirak ishga tushirildi

Uning balandligi — 92 metr
Foto: O‘zA

Namanganda O‘zbekistondagi eng baland panoramali g’ildirak ishga tushirildi. Uning balandligi 92 metrni tashkil etadi, deb xabar berdi O‘zA.

Attraksion «Afsonalar vodiysi» parkida joylashgan. Uning aylanish vaqti taxminan 25 minut.

«Afsonalar vodiysida» yana 25 ta attraksion mavjud bo‘lib, bog‘ Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladigan asosiy joylardan biri bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Qatarning Power International xoldingi Toshkent viloyatida 300 million dollarlik park qurishi mumkinligi haqida yozgan edi.