Oltin narxi yil boshidan rekordni urdi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yil boshidan rekord darajasiga chiqdi. Joriy yilning 10-yanvariga nisbatan besh grammli quymaning narxi 103 ming so‘mga qimmatlashdi.
4-mart holatiga ko‘ra, besh grammlik barning narxi 4,28 million so‘mni tashkil etadi.
LBMA grafigi bo‘yicha, oltin qiymati 22-fevraldan ko‘tarila boshlagan. O’sha kuni bir troy untsiyasining narxi $2024 tashkil etgan bo’lsa, 1-martga kelib bu narx $2049,8 ko’tarildi (kechki fiksing). Oltin 1,27 foizga qimmatlashdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki dekabr oyida oltin sotib olishga qaytganini e’lon qilgan edi. Shu vaqt ichida O‘zbekiston regulyatori to‘qqiz tonna qimmatbaho metal sotib oldi va bu jahon markaziy banklari orasida ikkinchi natijaga aylandi.