Investitsiyalar

O‘zbekistonda dividendlar kutilayotgan aksiyalar qanday o‘smoqda

Birja kotirovkalari hafta davomida qanday o'zgargan - "Kursiv" sharhida o'qing.
Rasm: WrightStudio / www.depositphotos.com

Bo‘lajak dividendlar oldidan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) aksiyalari narxi o‘tgan haftada 8,04 foizga o‘sdi. «Toshkent» Respublika fond birjasida boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ham o‘sish kuzatildi. Birja kotirovkalari hafta davomida qanday o’zgargan – «Kursiv» sharhida o’qing.

23-fevral kuni O‘zRTXB 19-mart kuni aksiyadorlar yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Kun tartibidagi masalalardan biri kompaniyaning 2023-yil uchun sof foydasini taqsimlashdir. Investorlar har bir qimmatli qog’oz uchun 2,6 ming so’m olishni kutmoqda. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi aynan shu miqdorni to‘lashni tavsiya qilgan.

Boshqa emitentlar ham o’zlarining kotirovkalari bilan investorlarni xursand qilishdi. Masalan, «Ipak yo‘li» banki aksiyalari qiymati 1,5 barobar oshdi.

Birjada yuqori likvidli deb topilgan 28 ta qimmatli qog’ozdan 13 tasi haftani qizil zonada yakunladi. «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari (-21,53 foiz) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» aksiyadorlik jamiyati (-14,34 foiz) oddiy aksiyalarida sezilarli pasayish kuzatildi.

«Toshkent» Respublika fond birjasi aksiyalari qiymatining o‘zgarishi                                                                               
EmitentQimmatli qog’ozlar turi23.02.202401.03.2024Aksiya narxining o’zgarishi (foiz)
«O’zRTXB»oddiy16 950,0018 313,03+8,04
«O’zsanoatqurilishbank»oddiy10,2410,45+2,05
«Agrobank»imtiyozli23 894,9822 900,00-4,16
«Ipoteka-bank»oddiy1,171,14-2,56
«Ipoteka-bank»imtiyozli3,453,44-0,29
«Biznesni rivojlantirish banki»imtiyozli360,01379,00+5,27
«Hamkorbank»oddiy30,7031,49+2,57
«Hamkorbank»imtiyozli29,1529,97+2,81
«Ipak Yo’li»oddiy95,06142,01+49,39
 «Aloqabank»imtiyozli710,01757,00+6,62
«Universal bank»oddiy8 400,008 790,00+4,64
«O’zmetkombinat»oddiy5 930,006 100,00+2,87
«O’zmetkombinat»imtiyozli2 389,992 305,00-3,56
«Olmaliq KMK»imtiyozli9 799,009 800,00+0,01
«Yangiyo’l yog’-moy»oddiy1 499,991 580,00+5,33
«Qizilqumsement»oddiy2 579,002 550,00-1,12
 «Chilonzor buyum savdo kompleksi»oddiy2,792,39-14,34
«Kapital sug’urta»oddiy0,020,020,00
«Qo’qon mexanika zavodi»oddiy490,03513,33+4,75
«Andijon tajriba-sinov zavodi»imtiyozli6 000,006 250,00+4,17
«Kvarts»oddiy1 800,001 799,00-0,06
«O’zbektelekom»oddiy5 000,004 839,00-3,22
«O’zbektelekom»imtiyozli5 256,015 449,00+3,67
«KAFOLAT sug’urta kompaniyasi»imtiyozli376,99339,99-9,81
«DORI-DARMON»oddiy9 502,009 500,00-0,02
«O’zbekneftgaz»imtiyozli1 834,991 440,00-21,53
«UzAuto Motors»oddiy70 499,9070 000,00-0,71
«Uzbekinvest»imtiyozli1 550,001 498,00-3,35
Manba: «Toshkent» RFB
*Yopish narxi hisobga olingan