Yangiliklar

Qaysi banklardan dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin

4-mart holatiga ko‘ra
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston Markaziy banki 4-mart kuni dollar kursini 12514 soʻm, yevroni esa 13535 soʻm etib belgiladi. «Kursiv» qaysi banklarda xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish qulayligini oʻrganib chiqdi.

Dollar

4-mart holatiga koʻra, Amerika valyutasini xarid qilish eng qulay kurs Uzum bankda — 12 475 soʻm, Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbankda esa 12 460 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, Asaka bank, MKBank, Aloqabank ayirboshlash shoxobchalarida dollar 12 500 soʻmdan sotilmoqda.

Yevro

Yevroni xarid qilish qulay kurs Uzum bankda – 13 370 soʻm, Oʻzmilliybankda – 13 350 soʻm, Oʻzsanoatqurilishbankda – 13 200 soʻm.

Shuningdek, Infinbank ayirboshlash shoxobchalarida yevro kursi — 13540 soʻm, Ipotekabank, Asia Alliance Bankda esa 13570 soʻm qilib belgilangan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning fevral oyining birinchi oʻn kunligida dollar kursi qanday oshgani haqida xabar bergan edi.