Yangiliklar

Samarqand yaqinida 100 million dollarlik turistik majmua quriladi

Unga xorijiy investorlar sarmoya kiritadi
Foto: Asia Adventures

Arab Nihol Investors Misr-Oʻzbekiston korxonasi asoschisi Ahmad Zeydan viloyatining Urgut tumanida sayyohlik majmuasini tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Loyiha qiymati $100 millionga baholangan bo‘lib, mehmonxona, sanatoriy va kanat yoʻl qurilishi rejalashtirilgan. Sayyohlik majmuasi qurilishiga xorijiy investorlarni, jumladan, Misr va Ummon investorlarini jalb qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati Samarqand viloyatida tog‘ turizmini rivojlantirish niyatida. Shu maqsadda 4,5 ming gektardan ortiq maydonga ega turistik zona tashkil etiladi. Uning bosh rejasi avgust oyiga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» «O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim» viza dasturi boshlangani haqida yozgan edi.