Yangiliklar

Shveysariyada oʻn uchinchi oy uchun pensiya joriy qilindi

Hozirgi pensiya miqdori 2,5 ming yevroga yetadi, lekin koʻpchilik yaxshi hayot uchun yetarli emas deb hisoblaydi.
Foto: Unsplash

Keksalarning turmush darajasi boʻyicha oʻtkazilgan milliy referendumda shveysariyalik saylovchilar qoʻshimcha oylik pensiya joriy etishga qaror qildi. Yangi qoidalarga koʻra, ular har yili oʻn uchinchi oy uchun pensiya oladi.

Hukumat pensiyalarni oshirish byudjetga ogʻirlik qilishidan ogohlantirgan, lekin saylovchilarning 60 foizi bu tashabbusni yoqlab ovoz bergan. Hozirgi pensiya miqdori 2,5 ming yevroga yetadi, lekin koʻpchilik yaxshi hayot uchun yetarli emas deb hisoblaydi.

Har bir inson uchun majburiy boʻlgan tibbiy sugʻurta badallari jadal surʼatlar bilan oshib bormoqda, ayrim keksalar esa toʻlashda qiynalmoqda. Natijada, aksariyat fuqarolar 70 yoshdan oshganda ham ishlashni davom ettirishi kerak.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2023-yil dekabrida pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming soʻm qilib belgilangan edi.

Avvalroq Dominikan respublikasidagi kompaniyalar toʻrt kunlik ish haftasiga oʻtishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.