Joriy yilning mart oyi boshida «Soliq» ilovasidan 6 milliondan ortiq fuqaro roʻyxatga olindi, deb xabar qildi Soliq qoʻmitasi.
Faol foydalanuvchilar soni 5,6 million kishiga yetdi. Yanvar oyi oxirida O‘zbekiston aholisi ilova xizmatlaridan 56,8 million marta foydalangan.
Eng ommabop xizmatlar — xaridlar uchun keshbek, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv O‘zbekiston Soliq ilovasida keshbek olish bo‘yicha cheklov belgilagani haqida yozgan edi.