Toshkent viloyati aholisining suv bilan ta’minlanish darajasi 79,4 foizni tashkil etdi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Viloyat hokimliklaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi yirik shaharlar – Olmaliq, Bekobod, Yangiyo‘l, Pskent va Chirchiq shaharlari aholisi suv bilan to‘liq ta’minlangan. Suv ta`minoti yomonroq kuzatilgan shaharlar, Nurafshon 78 foiz, Angrenda 87,2 foiz.
Poytaxt viloyati tumanlari orasida suv ta’minotining eng yuqori darajasi Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida – 92 va 83,4 foiz, Qibray tumanida – 82,1 foizni tashkil etdi.
Eng yomon ko‘rsatkichlar Yuqori Chirchiq tumanida – 64,7 foiz, Quyichirchiq tumanida – 51,9 foiz, O‘rtachirchiq tumanida – 44,8 foizni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston suv narxi eng past bo‘lgan davlatlardan biri ekanini yozgan edi.