Uzoq Sharq banki O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini qayta boshladi
eʼlon qilindi
Gretsiya va Kiprga ham pul o‘tkazmalar tiklandi
Uzoq Sharq banki uch davlatga, jumladan, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini qayta tikladi. Bu haqda moliya muassasasi matbuot xizmati yozgan.
Gretsiya va Kiprga ham pul o‘tkazmalar tiklandi.
Uzoq Sharq banki Uzoq Sharq va Sharqiy Sibirdagi yetakchi bank hisoblanadi. 2022-yildan beri bank Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari, AQSh, Avstraliya va Shveytsariyaning xalqaro sanksiyalari ostida.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki 2024-yilda pul o‘tkazmalari hajmini 10-15 foizga, ya’ni $12-12,5 mlrdgacha oshirishni prognoz qilayotgani xabar qilingan edi.