Yashnobod tumanida birinchi “Gastronomik Koʻcha” tashkil qilinadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Toshkent shahri hokimligi ma'lum qildi
Foto: mars58/Depositphotos

Toshkentda birinchi «gastronomik» koʻcha Yashnobod tumanida tashkil qilinishi rejalashtirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha Sultonali Mashhadiy koʻchasida tashkil qilinishi kutilmoqda. Shahar hokimiyati xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, mavjud kafe va restoranlar atrofidagi infratuzilmani modernizatsiya qilishni rejalashtiryapti.

Shu maqsadda poytaxt va tuman rahbariyati loyihani oʻrganish, mavjud sharoitlarni yaxshilash maqsadida Sultonali Mashhadiy koʻchaga tashrif buyurdi.

Bugungi kunda ushbu koʻcha boʻylab Peggyʼs, Zhiguli Restobar, Maccan Terrace kabi muassasalar, shuningdek mehmonxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Navoiyda 24 soatlik «Gastronomik Koʻcha» ochilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek