Freedom House: O‘zbekiston erkinlik darajasi past davlat

eʼlon qilindi
Mumkin bo‘lgan 100 balldan 12 ball to‘plagan
Foto: monticello/Depositphotos

O‘zbekiston Freedom House Xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotining 2024-yil uchun erkinlik reytingida yana 100 balldan 12 ball to‘pladi va shu bilan erkinlik past darajadagi davlat maqomini saqlab qoldi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Qirg‘izistonda – 27 ball, Qozog‘iston – 23 ball. Uchlikni O‘zbekiston yakunladi.

100 ball to‘plagan Finlyandiya, shuningdek, 99 balldan Yangi Zelandiya va Shvetsiya eng erkin davlatlar deb topildi.

Eng yomon ko‘rsatkichlar Tibetda – nol ball, Suriya va Janubiy Sudanda – bir balldan.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilgi demokratiya reytingida mamlakatimiz o‘z o‘rnini biroz yaxshilab, 149-o‘rindan 148-o‘ringa ko‘tarilgan edi. The Economist Intelligence Unit ekspertlarining fikricha, mamlakatimiz avtoritar tuzum hukm surayotgan davlatlardan biridir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston xayriya rivojlangan 50 ta davlat qatoriga kirganini yozgan edi.

Shuningdek