Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmogʻi (sobiq Twitter) rahbari Ilon Mask oʻz kompaniyalaridan birining aksiyalari tushib ketganidan soʻng dunyoning eng boy odami nomidan mahrum boʻldi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Rahbariyatning oʻzgarishi Tesla aksiyalari narxining pasayishiga olib keldi: 4-mart kuni kompaniya aksiyalari 7,2 foizga arzonlashib, Maskning boyligi $197,7 milliardga qisqartirdi va yetakchilikni Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosga boy berdi. Bezosning umumiy boyligi $200,3 milliardni tashkil qiladi.
Mask toʻqqiz oy davomida dunyoning eng boy odami nomini o‘ziniki qilib turdi. Bezos bu oʻrinni oxirgi marta 2021-yilda egallagan edi.
Tesla aksiyalari kompaniyaning Shanxaydagi zavodi elektromobillarni yetkazib berishni bir yildan ortiq vaqt ichida eng past darajaga tushirgani maʼlum boʻlganidan keyin tushib ketdi.
Shuningdek, dunyoning eng boy odamlari roʻyxatiga LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyasi egasi Bernar Arno ham kiradi. Uning umumiy boyligi $197,5 milliardni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» AQShning Delaver shtati sudi Maskga $55 milliard tovon puli toʻlashni bekor qilgani haqida xabar bergan edik.