O‘zbekistonda gaz iste’moli rejalashtirilgan hajmdan 11 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra
4-mart, dushanba kuni O‘zbekiston aholisi 147,1 million kub metr gaz sarfladi, bu rejalashtirilgan iste’mol hajmidan 11 foizga ko’pdir, deb xabar berdi Respublika Energetika vazirligi matbuot kotibi Xasan Toshxo’jaev.
Bundan tashqari, mamlakatda elektr energiyasiga talab ham yuqoriligicha qolmoqda. Shu sababli, 4 mart kuni respublikada energiya iste’moliga 800 MVtgacha cheklov joriy etildi. nergetika vazirligining qayd etishicha, ushbu choralar 5 mart kuni qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ishlayotgan metan gaz quyish shoxobchalari soni kamaygani haqida yozgan edi.