O‘zbekistonda Navro‘z qanday nishonlanadi
2024-yilda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida o‘tkaziladi. Respublikamizning barcha shahar, qishloq va ovullarida bo‘lgani kabi Toshkent shahrida ham ommaviy bayram tadbirlari tashkil etilayotgani prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonidan kelib chiqadi. Hujjat «Yangi O‘zbekiston» nashri saytida e’lon qilindi.
Bayram arafasida mamlakatimizda umumxalq hashari, shuningdek, «Yashil Makon» ekologik loyihasi doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladi. Shaharlarning asosiy ko‘chalari, maydon va bog‘lar milliy uslubda bezatiladi.
Navro‘z bayramida hududlarda an’anaviy xalq o‘yinlari o‘tkaziladi. Aholi punktlarida hunarmandlar ko‘rgazmalari, qishloq xo‘jaligi va kitob yarmarkalari, folklor jamoalarining konsertlari, oilaviy ansambllar, shoirlar, sirk artistlarining chiqishlari tashkil etiladi. Bahorgi taomlarni tatib ko‘rish uchun ochiq pavilyonlar tashkil etiladi.
Bu yil bayram muborak Ramazon oyida nishonlanayotgani bois farmonda xayriya tadbirlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ular aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va faxriylar uchun o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi 21-24 mart kunlari ta’tilda bo‘ladi.
2023-yilda «Kursiv» Toshkentda Navro‘z bayrami nishonlanishi haqida fotoreportaj tayyorlagan edi.