Yangiliklar

Qaysi banklardan dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin

5-mart holatiga ko‘ra
Foto: yulan/Depositphotos

Oʻzbekiston Markaziy banki 5-mart kuni dollar kursini 12 525 soʻm, yevroni esa 13 588 soʻm etib belgiladi. «Kursiv» qaysi banklarda xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish qulayligini oʻrganib chiqdi.

Dollar

5-mart holatiga koʻra, Amerika valyutasini xarid qilish eng qulay kurs Uzum bankda — 12 480 soʻm, Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbankda esa 12 470 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, Asakabank, Poytaxbank, Aloqabank ayirboshlash shoxobchalarida dollar 12 515 soʻmdan sotilmoqda.

Yevro

Yevroni xarid qilish qulay kurs Uzum bankda va Oʻzmilliybankda – 13 430 soʻm, Oʻzsanoatqurilishbankda – 13 250 soʻm.

Shuningdek, Ipoteka bank ayirboshlash shoxobchalarida yevro kursi — 13540 soʻm, Asia Alliance Bank — 13 580 so‘m, Infinbank — 13 590 so‘m qilib belgilangan.