Tashkent City Mall savdo markazi texnik sabablarga ko‘ra yopilishini e’lon qildi

eʼlon qilindi
5-mart soat 16:00 dan
Foto: Zohid Qurbonov / «Kursiv»

Tashkent City Mall 5-mart kuni soat 16:00 dan boshlab texnik sabablarga ko‘ra yopiladi. Bu haqda savdo markazining Instagram’dagi sahifasida xabar e’lon qilindi.

«Tez orada biz sizni qayta ishga tushish vaqti haqida xabardor qilamiz», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City Mall 29-fevraldan test rejimida ish boshlagan edi. Oysho, Pull&Bear, Bershka, Stradivarius brendlarining do’konlari xaridorlarga taqdim etildi.

Avvalroq «Kursiv» 1-mart kuni Tashkent City Mall’da Zara brendi do‘koni ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek