Tashkent City Mall 5-mart kuni soat 16:00 dan boshlab texnik sabablarga ko‘ra yopiladi. Bu haqda savdo markazining Instagram’dagi sahifasida xabar e’lon qilindi.
«Tez orada biz sizni qayta ishga tushish vaqti haqida xabardor qilamiz», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City Mall 29-fevraldan test rejimida ish boshlagan edi. Oysho, Pull&Bear, Bershka, Stradivarius brendlarining do’konlari xaridorlarga taqdim etildi.
Avvalroq «Kursiv» 1-mart kuni Tashkent City Mall’da Zara brendi do‘koni ochilgani haqida yozgan edi.