Toshkent shahridagi maktablar reytingi eʼlon qilindi
eʼlon qilindi
320 ta ta'lim muassasasi reytingdan joy oldi
Toshkent shahridagi 300 dan ortiq maktab Open Data Tashkent portali reytingiga kiritildi. Reyting taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar asosida tuzildi.
Roʻyxat Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan taqdim qilindi.
Birinchi oʻrinni shaharning Mirobod tumanida joylashgan 158-maktab qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinlarda Olmazor tumanidagi 15-maktab va Yunusobod tumanidagi 354-taʼlim muassasalari joylashgan.
Maktablarning toʻliq reytingi bilan portalda tanishish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyati hokimi telefondan voz kechgan maktablarni 300 million soʻm bilan ragʻbatlantirishi haqida maʼlum qilgan edi.