Uzum kompaniyasi Jahon banki tomonidan Dushanbeda tashkil qilingan konferensiyasida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Konferensiyada 19 ta davlatdan vakillar ishtirok erdi
Foto: Uzum

Uzum kompaniyasi vakillari Dushanbeda boʻlib oʻtgan Jahon bankining Elevating global access through e-commerce in Tajikistan konferensiyasida ishtirok etdi.

Anjumanda 19 davlatdan Jahon banki, e-commerce,, davlat idoralari, moliya-bank xizmatlari va logistika kompaniyalari mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Uzum kompaniyasining strategik va biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Nikolay Seleznev oʻz nutqida yaqin besh yil ichida KPMG auditorlik kompaniyasi prognozlariga koʻra, Oʻzbekistonda elektron tijorat yetti barobar oʻsishini taʼkidladi.

«Bizning platformamiz 2023-yilda yiliga 23 baravar oʻsdi. Bu mamlakatda onlayn savdoga boʻlgan talabning yuqoriligidan dalolat beradi. Ishonchim komilki, bizning tajribamiz va Tojikistondagi tadbirkorlar bilan faol muloqot olib borayotgan Uzum market sotuvchilari tajribasi mamlakatda onlayn savdoni rivojlantirish uchun foydali boʻladi», — dedi Seleznev.

konferensiyada Oʻzbekiston sotuvchilar assotsiatsiyasi hamda Tojikiston kichik va oʻrta biznes milliy assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Avvalroq Uzum Uzbekistan Tech Conference doirasida Web Summit Qatar xalqaro texnologiya konferensiyasida nutq soʻzlagan edi.

Shuningdek