Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi Oʻzbekistonga $100 million ajratadi

eʼlon qilindi
Mablag‘lar O‘zRda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratiladi
Foto: Moliya va iqtisodiyot vazirligi

Oʻzbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) oʻrtasidagi qiymati $100 million boʻlgan hamkorlik bitim imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga koʻra, mazkur bitim (Murabaha) vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali respublikada oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratiladi.

Mablagʻlar 24 oygacha boʻlgan muddatga ikki transhda ajratiladi va mamlakat aholisining ehtiyojlarini qondirish, mamlakatda agrar sektorning barqarorligini taʼminlashga yoʻnaltiriladi.

Maʼlumot uchun, ITFC Islom taraqqiyot bankining asosiy instituti boʻlib, uning vazifasi Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida iqtisodiy oʻsish va savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantirishdan iborat.

Avvalroq ITFC O‘zbekiston banklariga $25 million ajratishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek