Yangiliklar

Xitoy hukumati 2024-yilda iqtisodiy o‘sishni 5 foizga prognoz qilmoqda

12 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan
Foto: Unsplash

Xitoy hukumati 2024-yilda mamlakat iqtisodiy o‘sishini 5 foizga ta’minlash niyatida, deya xabar bermoqda «Sinxua» agentligi hukumat hisobotiga tayanib. Hujjat ko‘rib chiqish uchun Xalq vakillari majlisi sessiyasiga kiritildi.

Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan yili hokimiyat asosiy maqsad va vazifalarni bajargan bo‘lsa, bu yil ham davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda davom etadi.

Shahar va aholi punktlarida 12 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2024-yilda davlat sarmoyasi hajmi 700 milliard yuanni (97,2 milliard dollar) tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy iqtisodiyotning xususiy sektorini rag‘batlantirish uchun qonun ishlab chiqishini yozgan edi.