Ko’chmas mulk

BMTTD va Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga baliq yetishtirish uchun uskunalar sovgʻa qildi

ustunalar 5-mart kuni topshirildi
Foto: BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi

Oʻzbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga suv sifatini aniqlash uchun uskunalar, uni tozalash tizimlari va baliq yetishtirish uchun suv isitgichlari topshirildi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar bermoqda.

Uskunalar Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va BMTTD vakillari tomonidan 5-mart, seshanba kuni topshirildi.

Olingan uskunalar respublika baliqchilik xoʻjaliklarida energiya samaradorligini oshiradi.

BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Anas Karman mamlakatimizda baliq isteʼmol qilish darajasi past – aholi jon boshiga yiliga 3,5 dan 4 kg gacha ekanligini taʼkidladi. Holbuki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan norma miqdor 16 kg ni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil oktabr oyi boshidan Oʻzbekistonda tadbirkorlik subyektlariga davlat tasarrufidagi suv havzalarida baliq yetishtirishga ruxsat berilgan edi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekistonda 198,9 ming tonna ovlangan boʻlib, bu koʻrsatkich 2022-yilga nisbatdan 7,3 foizni tashkil etadi. Baliqning asosiy qismi fermer xoʻjaliklariga toʻgʻri keldi – 98,5 ming tonna.

Avvalroq «Kursiv» hukumat tuxum qoʻyish vaqtida baliq ovlashni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.