Hindistonning eng boy oilalaridan biri oʻgʻlini uylantirmoqda — foto

eʼlon qilindi
Taklif qilingan mehmonlar orasida Bill Geyts, Mark Sukerberg, Ivanka Tramp va Rihanna bor
Mukesh Ambani rafiqasi va o‘g‘li bilan Foto: Reuters

Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oʻgʻlini uylantirish munosabati bilan uch kunlik ziyofat tashkil qildi. Dabdabali marosimga koʻplab taniqli shaxslar, jumladan, texnologiya sohasidagi tadbirkorlar Bill Geyts va AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp, Mark Sukerberg hamda qoʻshiqchi Rianna taklif etildi. Reuters nashri marosimdan fotojamlanma taqdim qildi.

Ananta Ambani va Radhika Merchant juftligi toʻy oldidan. Ular yozda turmush qurishni rejalashtirmoqda. Foto: Reuters

Bill Gets va rafiqasi Paula Xerd. Foto: Reutres
Meta direktori Mark Sukerberg va rafiqasi Prisilla Chan. Foto: Reuters
Ivanka Tramp, turmush o‘rtog‘i Jared Kushner va ularning qizi Arabella. Foto: Reuters
Rianna marosimdagi chiqshidan so‘ng aeroportda. Foto: Reuters
Marosimdagi dronlar shousi. Foto: Reuters

Maʼlumot uchun, Mukesh Ambani Hindistondagi eng yirik xususiy kompaniya Reliance Industriesning direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. 2023-yilda uning boyligi $83,4 milliardga baholangan.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil boshida Hindistonning eng boy odami Gautam Adani boʻlgani haqida xabar bergan edi. Ambani boʻlsa, roʻyxatda ikkinchi oʻrinni egallagan.

Shuningdek