Toshkentning «Ilhom» teatrida qoraqalpoq rassomi Baxtiyor Serekeyevning suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Teatr veb-saytiga ko’ra, u «Juftlik» deb nomlanadi.
«Ko‘rgazmada yosh rassom Baxtiyor Serekeevning yorqin ranglar palitrasi va o‘z uslubini izlash orqali mutlaq ijodiy ifoda erkinligi mavjud kartinalari taqdim etilgan», — deyiladi xabarda.
Tadbirning hamkori — Bonum Factum galereyasi.
Sereekev 1990-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, 2013-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan, 2019-yilda O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasiga a’zo bo‘lgan.
Rassom milliy va xalqaro ko’rgazmalarda rasmlarini taqdim etdi.
Avvalroq Kursiv Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazma haqida yozgan edi.