Mirziyoyev Tashkent City Mall savdo markaziga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Bunday savdo markazlari, O‘zR prezidentining fikricha, boshqa shaharlarda ham barpo etilishi kerak
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida yaqinda ochilgan «Tashkent City Mall» savdo markazi (TM) hamda majmua tarkibiga kiruvchi mehmonxonani borib ko‘rdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Mirziyoyev savdo markaziga tashrif buyuruvchilar bilan suhbatlashar ekan, bunday qulayliklar mamlakatning boshqa shaharlarida ham zarurligini aytdi.

Besh qavatli «Tashkent City Mall» savdo markazida do‘konlar, ko‘ngilochar joylar, restoran va kafelar, kinoteatr joylashgan. Savdo markazi kuniga 60 ming kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Savdo markazidagi mehmonxona may oyida ochilishi kerak. Mehmonxona bir vaqtning o‘zida 500 kishini qabul qila oladi. Xonalardan tashqari konferentsiya zallari, basseynlar va restoranlar mavjud.

Avvalroq «Kursiv» Tashkent City Mall savdo markazi faoliyatining ilk kunlari haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek