Qaysi banklardan dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
6-mart holatiga ko‘ra
Oʻzbekiston Markaziy banki 6-mart kuni dollar kursini 12 526,39 soʻm, yevroni esa 13 592,39 soʻm etib belgiladi. «Kursiv» qaysi banklarda xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish qulayligini oʻrganib chiqdi.
Dollar
6-mart holatiga koʻra, Amerika valyutasini xarid qilish eng qulay kurs Infinbank va Hamkor Bankda — 12 480 soʻm, BRB’da esa 12 475 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, Infinbank, Aloqabank ayirboshlash shoxobchalarida dollar 12 525 soʻmdan sotilmoqda.
Yevro
Yevroni xarid qilish qulay kurs Uzum bankda va Oʻzmilliybankda – 13 400 soʻm, Octobankda– 13 300 soʻm.
Shuningdek, Ipoteka bank va Infinbank ayirboshlash shoxobchalarida yevro kursi — 13 600 soʻm.