Rossiya Federatsiyasining Tuva respublikasi Shagonar shahridagi issiqlik elektr stansiyasida (IES) portlash yuz berdi va 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar bermoqda.
Portlash sabablari hozircha nomaʼlum, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi ikkinchi qismi («Ehtiyotsizlik natijasida sogʻlikka ogʻir shikast yetkazish») bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Portlash sodir boʻlgan binoda 21 kishi boʻlgani aytilmoqda. Ulardan 18 nafari topilgan, yana uch nafarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Hodisa natijasida shaharda markaziy isitish tizimi oʻchirildi. Kechqurungacha issiqlik taʼminoti tiklanishi kutilmoqda.
15-fevral kuni «Kursiv» Temirtaudagi doʻkonda gaz portlagani haqida xabar bergan edi.