Urganchda kichik biznesga ko‘maklashish markazi ish boshladi. Ochilish 5-mart kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Biznesni rivojlantirish banki matbuot xizmati.
Markaz loyihalarni tanlab olish va ularni moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash, maslahatlar berish, biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlarning yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashadi.
Xorazm viloyatida 2024-yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2 655 nafar tadbirkorga jami 327 mlrd so‘m kredit ajratish ko‘zda tutilgan.
Biznesni rivojlantirish banki kichik biznesni qo’llab-quvvatlash jamg’armasini boshqaradi. Ushbu tashkilot qoshida O‘zbekiston hududlarida markazlar tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyidan boshlab xorazmlik tadbirkorlar chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olishda besh yilgacha bo‘lgan muddatga bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.