7-mart kuni Oʻzbekistonning baʼzi hududlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Piqsels

Bugun, 7-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 13-18 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi, kchasi esa 2-4 iliq.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin va tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi, kechasi 0-5 sovuq bo‘ladi.   

Shuningdek