Besh grammlik oltin quymasining narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda

eʼlon qilindi
Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda 7-mart, payshanba kuni ogʻirligi besh gramm boʻlgan oltin quymasining narxi ilk bor 4,444 million soʻmga yetdi. Bu haqda respublika Markaziy banki xabar bermoqda.

Ellik grammlik oltin quymasining narxi ham oshdi. Bir kun davomida 44,2 million soʻmdan 44,4 million soʻmga oshdi.

Mamlakatimizda oltin narxi ketma-ket uchinchi kun oʻsishda davom etmoqda. Agar 5-mart kuni grammlik oltin quymasi 4,3 million soʻmdan sotilgan boʻlsa, 6-mart kuni uning qiymati birinchi marta 4,4 million soʻmdan oshdi.

7-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:49 da oltinning troya unsiyasi $2156,46 taklif qilindi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda oltin qazib olish 23 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek