Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov «Prague Masters» turnirida muddatidan avval gʻalaba qozondi. Grossmeyster turnir yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Abdusattorov 8 balldan 6 ochko jamgʻargan boʻlsa, uning eng yaqin taʼqibchilari 4,5 ochkodan jamgʻardi.
Shu tariqa, oʻzbekistonlik shaxmatchi 2765,5 ball bilan dunyoning eng kuchli shaxmatchilarining onlayn reytingida 4-oʻrinni egalladi. U amaldagi jahon chempioni Ding Lirenni magʻlub etdi.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oʻrtalarida Nodirbek Abdusattorov «Fischer Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirining soʻnggi bosqichida blits va rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni magʻlub etgan edi.