O‘zbekiston Beliz bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Bu haqda 6 mart kuni Nyu-Yorkda O‘zR’ning BMTdagi Doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va uning Belizdagi hamkasbi Karlos Fuller tomonidan kommyunike imzolandi.
Markaziy Amerikadagi Beliz davlati 1981-yil 21-sentabrda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi. 1973-yilgacha u Britaniya Gondurasi deb nomlangan.
2021-yilda Beliz yalpi ichki mahsuloti $2,5 mlrd, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti esa $6,2 ming baholangan.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda Belizda 419,1 ming kishi istiqomat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Beliz Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlaka va dominionlarini birlashtirgan Millatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kiradi. Avstraliya, Hindiston va Pokiston ham ushbu tashkilotga a’zo.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Lixtenshteyn knyazligi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatganini yozgan edi.