O‘zbekiston Rossiyaning kinoprokat tizimiga qiziqmoqda
eʼlon qilindi
Bu tomoshabinlar orasida film muvaffaqiyatini belgilaydi
Rossiyada faoliyat yuritayotgan kinoprokat boʻyicha Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (YAAT) Oʻzbekiston soha mutaxassislarining eʼtiborini tortdi, dedi Rossiya prezidentining madaniyat boʻyicha maslahatchisi Vladimir Tolstoy.
«YAAT qoʻshnilarimizni qiziqtirdi. Qozog‘iston va O‘zbekistondan qiziqish bor», — deya Tolstoyning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Tizim kinoteatrlardagi filmlarning kassa tushumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va tomoshabinlar sonini hisoblaydi. Shunday qilib, ma’lum bir filmning kassadagi muvaffaqiyati haqida xulosa chiqarish mumkin. 2014-yildan beri YAAT Rossiya kino fondi operatori hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» koronavirus film prokati va distributsiya qanday o‘zgartirganini yozgan edi.