EPAM IT-kompaniyasi O‘zbekistonda elektron hukumat markazini yaratishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda, bu haqda mamlakat raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va EPAMning texnologiya yechimlari bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Layer hamda davlat sektori bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Danegger o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.
IT Park matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shermatov boshchiligidagi delegatsiya hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlamoqda.
«EPAM dunyodagi eng yirik IT ta’lim kompaniyasi ekanligini hisobga olib, vazir kompaniya vakillarini O’zbekistonda ta’lim faoliyatini kengaytirishga taklif qildi»— deyiladi xabarda.
EPAM O‘zbekistonda laboratoriya tashkil etishi rejalashtirilgan, u yerda elektron hukumat uchun mahsulotlar ishlab chiqiladi va keyinchalik boshqa mamlakatlarga sotilishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati kompaniyani mamlakat iqtisodiyoti uchun IT-mutaxassislarini tayyorlashga jalb qilmoqchi. Gap, xususan, sun’iy intellekt sohalarida kadrlar tayyorlash haqida ketmoqda.
EPAM 1993-yilda tashkil etilgan, kapitallashuvi $28,1 mlrd tashkil etadi.U O‘zbekistonda 2019-yildan buyon faoliyat yuritadi va IT Park rezidenti hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» EPAM 1 ming nafargacha xodimni O‘zbekistonga yuborganini e’lon qilgan edi.