Oʻzbekistonda har yuzta xonadonga 57 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi, deb xabar qildi Prezident huzuridagi Statistika agentligi.
2010-yilda bu ko‘rsatkich 21-avtomobilga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib 49 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekistonda 418 ming yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Eng mashhur model — Cobalt.
Avvalroq Kursiv Toshkentda transport vositalarining ekologik diagnostikasi markazi tashkil etilgani haqida yozgan edi.