Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva turli sohadagi ayollar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
«Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda faoliyat olib borayotgan, oʻzi yuksak marralarni egallabgina qolmay, boshqalarni ham maqsad va orzular sari ilhomlantirayotgan ajoyib ayollar bilan koʻrishdik», — deb yozadi prezident yordamchisi.
Uchrashuvda ishtirokchilar oʻz tajribalari bilan almashdi, muvaffaqiyat motivlari va sirlari haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda vaqti-vaqti bilan yuzaga kelayotgan yoki hozirgacha yechimini topmagan muammolarni aniqlandi.
«Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman. Ularning har biri oʻzi boʻlishdan qoʻrqmagani, oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishayotgani, bugungi va kelajagimizni oʻzgartiradigan muammolarni koʻtarib, hal etishga intilayotgani uchun minnatdorman», — dedi Mirziyoyeva.