Yangiliklar

“Chilonzor” metro bekatida poyezd toʻxtab qolganiga rasmiy izoh berildi

Ma'lum bo‘lishicha, poyezd kompressorida muammo kutazilgan
Foto: Piqsels

Bugun, 8-mart kuni soat 16:48 da «Toshkent metropoliteni»ning «Chilonzor» bekatida poyezd harakatni toʻxtatib, yoʻlovchilarni tushirib yubordi. Holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» rasmiy munosabat bildirdi.

«Chilonzor» bekatidan joʻnashi kerak boʻlgan 23-sonli poyezdda kompressorga havo yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar yuz berdi”, — deb ma’lum qildi «Toshkent metropoliteni».

Poyezd texnik koʻrikdan oʻtkazishga joʻnatildi, «Toshkent metropoliteni»dagi poyezdlar belgilangan jadval boʻyicha harakatlanmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent metropolitenining yangi bekatlari 11-martdan ishlay boshlashi haqida xabar bergan edi.