“Islom sakkizligi”ga kiruvchi davlatlar yagona valyuta joriy qilmoqchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zaro savdo aylanmasini oshirish maqsadida
Foto: Piqsels

Bangladesh bosh vaziri Shayx Xasina oʻzaro savdoni oshirish uchun «Islom sakkizligi» (D-8) mamlakatlariga umumiy valyuta joriy etishni taklif qildi, deb xabar bermoqda «TASS».

U bu fikrni D-8 savdo vazirlari yigʻilishida taklif qildi. Shuningdek, unda tomonlar ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini $146 milliarddan $500 milliardga oshirishga kelishib oldi.

Maʼlumot uchun, Islom sakkizligi (D-8) 1997-yilda tashkil etilgan boʻlib, unga Bangladesh, Misr, Indoneziya, Eron, Malayziya, Nigeriya, Pokiston va Turkiya kiradi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov soʻzlariga koʻra, BRIKS hali yagona valyuta yaratish masalasini muhokama qilmayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek