Oʻzbekistonda ayollar soni koʻpmi yoki erkaklar

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra
Foto: Statistika agentligi

Doimiy aholi tarkibidagi erkaklar ayollarga nisbatdan 250 266 nafarga koʻp. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

2024-yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholi soni qariyb 36,8 million nafar kishini tashkil qiladi. Shulardan 18 274 745 nafari ayollarni tashkil qilsa, 18 525 011 nafari erkaklarga toʻgʻri keladi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi 2022-yilga nisbatdan 2,8 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek