Yangiliklar

BYD elektromobillarining narxlari pasaydi

$16 400 boshlanmoqda
Foto: autostrada.uz

BYD o’zining elektromobillari narxlarini pasaytirib, avtomobil bozorida narx urushini boshlab yubordi, deb xabar beradi «Узбекский ритейл».

BYD Seagull birinchi modeli va eng arzon varianti — $16 400 bojxona rasmiylashtiruvi bilan shu narxga yetib keladi. BYD Song Plus 510 km modeli narxi bojxona to‘lovlari bilan — $27 900 O‘zbekistonga yetib keladi.

Qimmatroq modellar, masalan BYD Han boshlang‘ich modelining narxi — $29 800 bo‘lsa, BYD Han 610 km modeli esa- $40 800 aylanadi.

Zeekr 007 modeli narxi $34 900 boshlanib $47 300 yakunlanadi. To‘liq narxlar bilan quyidagi jadvalda tanishsa bo‘ladi:

Foto: Узбекский ритейл

Sotuvning eng katta o‘sishi yo‘lovchi elektromobillar bozorida kuzatildi, bu yil davomida 4,3 baravarga o’sdi va 25,7 mingtani tashkil etdi. O‘zbekistonda 2023-yilda jami avtomobil savdosi 1,69 mln donani tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga ko‘proqdir.

Eslatib o‘tamiz, prezident yanvar oyida BYD kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Jizzax viloyatida gibrid va elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirish rejalarini muhokama qilgan edi. Yaqin kelajakda ishlab chiqarish quvvatini 500 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan, bu esa O‘zbekistonda elektromobil bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.