Isroil Madrimov WBA kamari g‘olibi

eʼlon qilindi
Beshinchi raundda nokautga uchratdi
Foto: MOQ

Isroil Madrimov va Magomed Qurbonov Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi «Kingdom Arena»da Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik uchun kurash olib borishdi.

Isroil Madrimov rossiyalik bokschi Magomed Qurbonovni mag‘lub etib, yarim o‘rta vaznda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Ringdagi jangda Isroil beshinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratib, chempionlik unvonini tasdiqladi. Bu muvaffaqiyat uning uchun Osiyo o‘yinlari va boks bo‘yicha qit’a chempionatidagi g‘oliblikdan so‘ng yangi yutuq bo‘ldi.

Hamyurtimiz 2023-yil 8-aprel kuni bo‘lib o‘tgan jangida Rafael Igbokveni mag‘lub etgandi.Jangdan so‘ng bokschimizda 10 g‘alaba, 1 durang va 7 nokaut.

Avvalroq «Kursiv» boks bo‘yicha Millatlar kubogida o‘zbekistonlik Feruza Kazakova eng yaxshi sportchi deb topilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek