“Men uchun bu final”: Erdo‘g‘on qachon ketishini aytdi
Turkiya prezidenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda u Turkiya yoshlar forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda u Turkiya yoshlar forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
«Men uchun bu final. Qonunga ko‘ra, bu prezident saylovlari mening oxirgi saylovim bo‘ladi. Natija estafetani izdoshlarimga topshirishni anglatadi», dedi Turkiya Respublikasi rahbari yoshlar vakillariga.
Erdo‘g‘an 20 yildan ortiq vaqtdan beri hokimiyat tepasida. 2023-yilgi saylovlardagi g‘alaba unga oson bo‘lmadi, biroq u 2023-yilning 28-mayida bo‘lib o‘tgan ikkinchi turda 52 foiz ovoz olib, o‘z hukmronligini yana besh yilga uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq «Kursiv» Erdogʻan Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishini maʼqullaganini e’lon qilgan edi.