Yangiliklar

«Uning eng sevimli so‘zi – «ishlash»: Yuriy Gagarin bugun 90 yoshga to’lgan bo’lardi

U bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan
Foto: RIA Novosti

Bugun jahon tarixida koinotga uchgan birinchi shaxs Yuriy Gagarin tavalludining 90 yilligi nishonlanmoqda.

Gagarin 1934-yil 9-martda RSFSRning Gʻarbiy (hozirgi Smolensk) viloyati Gjatskiy tumani Klushino qishlogʻida tugʻilgan va Voroshilov nomidagi 1-harbiy aviatsiya bilim yurtini aʼlo baholar bilan tamomlagan.

Bo‘lajak kosmonavtlarni tanlagan guruh unga quyidagi tavsifni berdi:

“U qahramonlik, g‘alabaga intilish, raqobat ruhi ustunlik qiladigan faol harakatli tomoshalarni yaxshi ko‘radi. Sport o’yinlarida u jamoaning tashabbuskori, yetakchisi va sardori o‘rnini egallaydi. Qoidaga ko’ra, bu yerda uning g‘alabaga bo‘lgan irodasi, chidamliligi, qat’iyati, jamoaviy hissi muhim rol o‘ynaydi. Sevimli so‘zi «ishlash».

1961 yil 12 aprelda bortida Gagarin bo‘lgan «Vostok-1» kemasi Bayqo’ng’ir kosmodromidan uchirildi. 108 soatlik parvozdan so‘ng kosmonavt Saratov viloyatiga eson-omon qo‘ndi.

Yuriy Gagarin O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan, u yerda uni xalq qahramoni sifatida kutib olishgan. Toshkentda unga haykal o‘rnatilgan.

Birinchi kosmonavtning hayoti 1968 yil 27 martda to‘xtadi. U MiG-15UTI samolyotida o‘quv parvozini amalga oshirayotganda halokatga uchragan.