Besh grammlik oltin quyma narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 11-mart holatiga koʻra, besh gr oltin 4,498 mln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 7-martda 4,444 mln soʻmni tashkil qilgan.
Og‘irligi 50 gr bo‘lgan oltin quyma narxi oshgan – 44,444 mln so‘mdan 44,976 mln so‘mgacha.
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Toshkent vaqti bilan soat 12:40da oltin 1 troy untsiyasi uchun $2185,40 baholangan. Savdo ochilishida uning narxi $2187,60 tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda mamlakatimiz xorijga $8,1 mlrd oltin yetkazib berdi, bu 2022-yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil dekabrida O‘zbekiston Markaziy banki yana qimmatbaho metallarni sotib olishni boshlagani haqida yozgan edi.