«Buxoro taʼmirlash-mexanika zavodi» AJ aksiyalari 11-martdan boshlab «Toshkent» Respublika fond birjasi (RFB) kotirovka varaqasining «Tranzit» toifasidan chiqarildi, bu haqda savdo maydonchasi saytida maʼlum qilindi.
Delisting to‘g‘risidagi qaror kompaniya aksiyadorlarining 2024-yil fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.
Buxoro ta’mirlash-mexanik zavodi 1963 yil fevral oyining oxirida tashkil etilgan. 1995 yil may oyida kompaniya OAJ sifatida ro‘yxatdan o’tkazildi va 2014 yilda AJ maqomini oldi. Korxona burg‘ilash uskunalarini ta’mirlash va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, korxonada metall konstruksiyalar va xalq iste’moli mollari ishlab chiqariladi.
2023 yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra kompaniyaning zarari 18,4 million so‘mga yetgan. 2022-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 418,9 million so‘mni tashkil qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning to‘qqiz kompaniyasi Toshkent birjasidan chiqarib yuborilgani haqida yozgan edi.