Fuqarolarning vaqtincha yashash joyidan roʻyxatdan oʻtish jarayoni soddalashtirilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining tomonidan fuqarolarni respublika ichida vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, roʻyxatga olish boʻlinmalari tuman yoki shahar markazlarida faoliyat yuritayotganligi sababli, hududlarning olis va chekka hududlarida yashovchi fuqarolar bu yerga kelib-ketishida ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflanayotgan edi.
Endilikda loyiha ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan fuqarolarini vaqtincha turgan joyi boʻyicha planshet orqali elektron shaklda roʻyxatga olinishi boʻyicha dastur yaratililadi.
Qayd etilishicha, loyiha qabul qilinsa mahalla hududida profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar ijtimoiy muammolari joyida bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda sug‘urta shartnomalarini olish soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.