Mart oyining birinchi haftasida O‘zbekistonda qaysi aksiyalar qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
UCI fond indeksi mart oyining birinchi haftasida 1,62 foizga pasaydi
Foto: Leungchopan / www.depositphotos.com

«Toshkent» Respublika fond birjasidagi (RFB) yuqori likvidli aksiyalardan bor-yo‘g‘i 9 ta qimmatli qog‘oz o‘tgan haftani ijobiy yakunladi. Ularning aksariyati qizil zonaga tushib qolgan. Kotirovkalar davr mobaynida qanday o’zgarganini ko’rish uchun «Kursiv» sharhini o’qing.

UCI fond indeksi mart oyining birinchi haftasida 1,62 foizga pasaydi. Ushbu pasayish narxi tushib ketgan aksiyalar ta’sirida bo’ldi. «O‘zbektelekom» aksiyalari yana arzonlashmoqda. Bu safar oddiy aksiyalar narxi 2,91 foizga pasaygan bo‘lsa, imtiyozli esa aksincha, 2,77 foizga o‘sgan.

Salbiy natijalarni «O’zmetkombinat» (-1,97%), «Kvars» (-8,3%), UzAuto Motors (-3,57%) va boshqa emitentlarning oddiy qimmatli qog’ozlari ham ko’rsatdi.

Yashil zonada O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (+0,53%), shuningdek, «Hamkorbank» (+0,8%) va «O‘zmetkombinat» (+1,95%)ning imtiyozli aksiyalari bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fond bozorida dividendlar to‘lanishi kutilayotgan aksiyalar o‘sishni boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek