2024-yilgi “Oskar” mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Eng yaxshi film nominatsiyasida "Oppengeymer" kinokartinasi g‘olib deb topildi
Foto: BBC

Amerikaning Los-Anjeles shahrida «Oskar» mukofotining 96-taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Britaniyalik rejissyor Kristofer Nolanning «Oppengeymer» biografik dramasi gʻolib boʻldi. Kartina yilning eng yaxshi filmi uchun topshiriladigan mukofotni qoʻlga kiritdi.

Nolanning oʻzi boʻlsa, «Oppengeymer» filmi uchun oʻzining birinchi rejissyorlik «Oskar»ini qoʻlga kiritdi. Olim rolini ijro etgan irlandiyalik aktyor Killian Merfi ham mukofotga sazovor boʻldi. Shuningdek, amerikalik Robert Dauni ham ushbu biografik filmda ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor roli uchun taqdirlandi.

Bundan tashqari, «Oppengeymer» filmining golland-shved operatori Xoyte Van Xoytema, filmga saundtrek yozgan shved bastakori Lyudvig Goransson va film montajchisi Jennifer Laim «Oskar»ga sazovor boʻldi.

Amerikalik aktrisa Emma Stoun «Bechoralar va baxtsizlar» filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi. Uning vatandoshi Davan Joy Rendolf «Tashlab ketilganlar» filmida Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa roli uchun «Oskar»ni qoʻlga kiritdi.

Fransiya kinoijodkorlari tomonidan ishlangan «Qulash anatomiyasi» filmi eng original ssenariy va «Amerkancha uydirma» filmi eng yaxshi moslashtirilgan ssenariysi nominatsiyasi boʻyicha «Oskar» mukofotiga sazovor boʻldi.

Shuning nominatsiyalarda Eng yaxshi xalqaro film Britaniya kino ijodkorlari tomonidan ishlangan «manfaatlar hududi» filmiga, yapon animesi «Bola va qarqara» multfilmi eng yaxshi animatsion filmga, Ukrainaning «Mariupolda 20 kun» hujjatli filmiga mukofotlar topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» BAFTA mukofotlari sovrindori haqida xabar bergan edi.

Shuningdek