Oʻzbekistonlik Renata Shakirova Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatri truppasining yangi prima-balerinasiga aylandi. Bu haqda 7-mart kuni teatr sahnasidan truppa rahbari vazifasini bajaruvchi Yuriy Fateyev maʼlum qildi, deb xabar bermoqda «TASS».
Yangi prima taqdimoti «Shurale» spektakli tugagandan soʻng boʻlib oʻtdi, unda Renata qush qiz suyumbike rolini ijro etdi.
«Renata haqiqatan ham juda isteʼdodli, ajoyib yorqin artist. U maktabdagi ilk qadamlaridanoq hamma uning naqadar nurli va kelajagi porloq qiz ekanligini taʼkidlagan. Rus balet akademiyasining ikkinchi kurs talabasi boʻlganida, u allaqachon Mariinskiy teatrining spektakllarida qatnashar va Londondagi baletimiz gastrollarida yakkaxon repertuarida raqsga tushgan edi», — dedi Fateyev.
Shokirova Toshkent shahrida tugʻilgan boʻlib, 2015-yilda A. Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasini tamomlagan va oʻsha yili Mariinskiy sahnasida «Don Kixot» baletidagi Kitrining bosh rolida debyut qilgan. Uning repertuarida klassik baletning asosiy rollari — Odette Odil, malika Aurora, Nikiya, Jizel mavjud.
2016-yilda Kimin Kim bilan juftlikda Shokirova «Rossiya-Madaniyat» telekanalining «Katta balet» loyihasida gʻolib chiqqan.