Yangiliklar

Poytaxtda “Turon” va “Qipchoq” metro bekatlari ochildi

Mazkur bekatlarning ishga tushirilishi bilan yer usti halqa metro liniyasi Sergeli liniyasi bilan bog‘lanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

11-martdan boshlab poytaxt metrosining ikkita yangi bekati: «Turon» va «Qipchoq» bekati Toshkent aholisi uchun foydalanishga topshirildi. Bekatlarni ko’tarilgan halqa liniyasi loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida ishga tushirildi.

Ushbu stansiyalarning ishga tushirilishi bilan yer usti halqa metro liniyasi Sergeli liniyasiga ulandi. Natijada Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 71 kilometrga, metro bekatlari soni esa 50 taga yetdi.

Metropoliten matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, yaqinda elektr deposiga 36 ta vagon keltirildi. Bahor oxirigacha yana 20 ta vagonlarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-mart kuni poyezdlardan biri so‘nggi manzilga yeta olmay, yo‘lovchilarni Chilonzor bekatida tushirib yuborgan, shundan so‘ng kompressorga havo yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar tufayli yuzaga kelganini Toshkent metropoliteni xabar bergan edi.